Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ummon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said bilan qo‘shma bayonotida Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqish tarafdori ekanligini bildirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
"Ikki rahbar ham Isroil qo‘shinlarini G‘azzo sektori va Falastinning barcha hududlaridan to‘liq olib chiqish zarurligini ta’kidladi," - deya qayd etilgan ikki davlat rahbarining qo‘shma bayonotida.
Bundan tashqari, Rossiya va Ummon G‘azo sektori atrofidagi vaziyat va u yerda sodir bo‘layotgan gumanitar inqirozdan xavotir bildirgani qayd etilgan.
Bundan oldin Kremlda Putin va Ummon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said Yaqin Sharqdagi vaziyatni, jumladan, Falastin-Isroil mojarosini, shuningdek, Suriyadagi ahvolni muhokama qilganligi ma’lum qilingan edi.