O‘zbekistonliklar may oyida necha kun dam olishi bo‘yicha ma’lumot berildi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda shanba yoki yakshanbaga to‘g‘ri kelgan bayramlar munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari beriladi. Kelayotgan may oyida esa dam olish kuniga to‘g‘ri keladigan birorta bayram yo‘q.
Bu oyda 5 ta shanba, 4 ta yakshanba va bitta 9 may — xotira va qadrlash kuni bor. Shunga ko‘ra, 5 kunlik ish rejimida ishlaydiganlar oy davomida 10 kun, 6 kunlik ish rejimida ishlaydiganlar 5 kun dam oladi.
Ma’lumot uchun, 9 may haftaning juma kuniga to‘g‘ri kelgani sababli 9-10-11 may kunlari ketma-ket 3 kun dam bo‘ladi.
2025 yilda o‘zbekistonliklar qancha dam oladi?
Shuningdek, shanba yoki yakshanbaga to‘g‘ri kelgan bayramlar munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari beriladi. 2025 yilda 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan dam olish kuni 10 mart, dushanbaga ko‘chiriladi. Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyun, shanbaga to‘g‘ri keladi, shu sababdan dam olish kuni 9 iyun, dushanbaga ko‘chiriladi.