Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Chilonzorda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy savdosi fosh etildi

Chilonzorda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy savdosi fosh etildi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshloq tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “S.M.” MCHJ rahbari U.D. “Shodlik” MFY hududidagi dorixonasida 9 quti hamda “N.” xususiy korxonasiga tegishli dorixona sotuvchisi I.M. (muqaddam sudlangan) 10 quti tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari bo‘lgan “Omnadren 250” nomli dori vositasini shifokor reseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shuningdek, tezkor tadbir davomida “S.M.” MCHJ dorixonasidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 184 turdagi 376,5 mln so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A-S.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi K.SH. fuqaroga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari bo‘lgan 300 dona “Benzonal” nomli dori vositasini shifokor reseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 08:05 24.10.2025. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!