Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Chilonzor tumanidagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Chilonzor tumanidagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birinchi ma’lumot berildi.

2025 yil 15 iyul kuni soat 14:17 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasida ochiq maydonda quruq o‘t hamda eski avtomobil shinalari yonayotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari ko‘rsatilgan manzilga soat 14:25 da yetib borgan va yong‘in soat 14:52 da qurshab olingan. Hozirda yong‘inni to‘liq o‘chirish ishlari davom etmoqda.

Vaziyat to‘liq Toshkent shahar FVB tomonidan nazoratga olingan.

Kiritildi: 15:23 15.07.2025. O'qildi: 862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!