Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar bermoqda.
4 sentyabr kuni soat 01:20 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, 9-dahada, avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 01:24 da yetib borib, yong‘in soat 01:29 da o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.