Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Chililik tayekvondo ustasi Fernanda Agirre Olimpiya o‘yinlaridan chetlatildi

Chililik tayekvondo ustasi Fernanda Agirre Olimpiya o‘yinlaridan chetlatildi

Chililik tayekvondo ustasi Fernanda Agirredagi koronavirus tekshiruvidagi musbat natija tufayli Tokio Olimpiadasidan chetlatilgan chet ellik sportchi bo‘ldi. Bu haqda Chili Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar bergan.
Agirrening ahvoli yaxshi, ammo u Olimpiadada qatnasha olmaydi.

Chunki, yuqumli kasallik bilan bog‘liq holatlarda Yaponiya sog‘liqni saqlash idoralari kamida o‘n kun karantin joriy etadi.
Chorshanba kuni Tokio-2020 tashkiliy qo‘mitasi veb-saytida chop etilgan hisobotda, Olimpiya shaharchasida yashamaydigan chet ellik sportchida koronavirus aniqlanganligi haqida xabar berilgan.

Ma’lumot uchun, 1 iyuldan beri Olimpia shahrchasidagilar orasida kasallik yuqtirishning 79 ta holati aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Tayekvondo bo‘yicha Olimpiya musobaqasi 24-27 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan edi.

Kiritildi: 15:50 21.07.2021. O'qildi: 2348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!