Chexiyaning sobiq bosh vaziri Andrey Babish muxolifatdagi ANO (Norozi fuqarolar harakati) siyosiy harakatining saylovoldi mitingida hujumga uchradi.
Bu haqda partiya matbuot kotibi Martin Vodichkaga tayanib, ČTK agentligi xabar berdi.
"Saylovoldi mitingi vaqtida Andrey Babish hujumga uchragan. Kimdir uning boshiga orqa tomondan metall buyum bilan urgan. Shundan so‘ng u tibbiy yordam so‘rab shifoxonaga borgan", - dedi matbuot kotibi.
Novinky axborot portali, o‘z navbatida, hujumchi siyosatchini qo‘ltiq tayoq bilan urganiga aniqlik kiritdi. Hodisa Chexiya shimoli-sharqidagi Dobra qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
ANOdan parlament quyi palatasi deputati Alesh Yuxelkning xabar berishicha, Babish Fridek-Mistek shahridagi kasalxonada. U rentgen tekshiruvidan o‘tgan. "Umid qilamanki, u bilan hammasi yaxshi bo‘ladi", dedi u. Yuxelk kimdir sobiq bosh vazirning boshiga qo‘ltiq tayoq bilan bir necha marta urganini tasdiqladi.