Bu haqda Denik nashri xabar bermoqda.
Chexiya Milliy terrorizm, ekstremizm va kiberjinoyatlarga qarshi kurash markazi (NCTEKK) bayonotida "bu hodisa xakerlik yoki terrorchilik hujumi bilan bog‘liq ekani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q", deya qayd etilgan.
Mamlakat polisiyasi vakillari elektr uzilishi ularning bir nechta xizmatlariga ta’sir qilganini, biroq bu umumiy faoliyatga halaqit bermaganini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, blekaut mamlakat poytaxti Praganing katta qismini qamrab oldi. Natijada metro harakati to‘liq to‘xtadi, shuningdek, tramvay va trolleybuslarning aksariyat yo‘nalishlari ham ishlamay qoldi. Yuzlab odamlar liftlarda qamalib qoldi, ko‘plab bankomatlar ishlashdan to‘xtadi. Blekaut Praga aeroportiga ta’sir ko‘rsatmagani haqida ma’lum qilingan edi.