Chexiyaning Rudolfov shahrida o‘qituvchi o‘ziga qarata qurol ko‘rsatgan o‘quvchi hujumining oldini olishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu haqda Ceske noviny nashri ma’lum qildi.
Hodisa 20 yanvar, dushanba kuni Chexiya janubidagi Rudolfov nomidagi o‘rta maktabda sodir bo‘lgan. Janubiy Chexiya viloyati rahbari Martin Kubaning so‘zlariga ko‘ra, hujumchida to‘pponchadan tashqari pichoq va kichik bolta ham borligi aniqlangan.
Do‘q-po‘pisaga tezda javob qaytargan o‘qituvchi o‘quvchini o‘q otishning oldini olgan holda zararsizlantirishga muvaffaq bo‘ldi. Hodisa ishtirokchilaridan hech kim jabrlanmagan. Kubaning qayd etishicha, talaba dastlab sinfdan chiqib ketgan, biroq tez orada o‘t ochish niyatida qurol bilan qaytib kelgan.
O‘qituvchiga tahdid qilgan talaba keyinroq polisiya tomonidan qo‘lga olingan. Huquq-tartibot idoralari hozircha talabada to‘pponchadan boshqa qurol borligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi, chunki tergov hali ham davom etmoqda. Polisiya matbuot kotibi Jiri Matzner vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi va tafsilotlar tergov yakunlanganidan keyin e’lon qilinishini ta’kidladi.