Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Chexiyada rus pravoslav cherkovining oliy martabali ruhoniysi narkotik bilan qo‘lga olindi

 Chexiyada rus pravoslav cherkovining oliy martabali ruhoniysi narkotik bilan qo‘lga olindi

“RBK” nashrining xabar berishicha, Chexiyaning Karlovi Vari shahrida mitropolit Ilarionning avtomobili polisiya tomonidan to‘xtatilib, tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv davomida mashina salonidan oq rangli modda solingan to‘rtta kichik konteyner topilgani aytilmoqda.

Mitropolit Ilarion ushbu moddalarga aloqadorligini qat’iyan rad etgan.

U o‘z bayonotida bunday ayblovlar mutlaqo asossiz ekanini bildirib, vaziyatni provokasiya deb atagan hamda o‘z nomi va obro‘sini himoya qilish uchun barcha huquqiy choralarni ko‘rishini ma’lum qilgan.

Rossiya TIV Chexiyada qo‘lga olingan mitropolit Ilarionni zudlik bilan ozod qilishni va soxtalashtirilgan tergov harakatlarini to‘xtatishni talab qilmoqda

Shuningdek, vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Moskva mitropolitning qo‘lga olinishini oldindan rejalashtirilgan provokasiya deb baholaydi.

Kiritildi: Bugun 14:01. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!