Chexiya prezidenti Putinning g‘alabasi G‘arbga tahdid solishini aytdi.
Petr Pavel The Sunday Times nashriga bergan intervyusida G‘arbning hozirgi xatti-harakatlarini Ikkinchi jahon urushi arafasida Nasistlar Germaniyasiga nisbatan qo‘llangan “tinchlantirish siyosati”ga qiyosladi.
"Agar Rossiya Ukraina urushida g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ysak, barchamiz mag‘lub bo‘lamiz. AQSh va Rossiya o‘rtasidagi maxfiy muzokaralar haqidagi so‘nggi xabarlar, xususan, “Ukraina hududlarini Rossiyaga topshirish” bo‘yicha da’volar 1938 yildagi Myunxen kelishuvini eslatadi", — deya ta’kidladi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda G‘arb Ukrainaga bir paytlar Chexoslovakiyaga xiyonat qilganidek xiyonat qilmayapti, balki “o‘zi qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lgan tamoyillarni himoya qilishni istamasligini” namoyish etmoqda.
Pavel, shuningdek, urushdan keyin Yevropaga Rossiya bilan yangi xavfsizlik shartnomasi kerak bo‘lishini aytdi.
"Bu Rossiya barcha davlatlarning hududiy suverenitetini tan olib, o‘zining agressiv faoliyatini cheklashga rozi bo‘lganidan keyin muhokama qilinadi", — deya qo‘shimcha qildi Chexiya prezidenti.