Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Chexiya poytaxtida minglab odamlar mamlakat prezidentini qo‘llab-quvvatlab, mitingga chiqdi

Chexiya poytaxtida minglab odamlar mamlakat prezidentini qo‘llab-quvvatlab, mitingga chiqdi

Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Praga shahrida minglab chexiyaliklar Yevropa Ittifoqi qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatning Yevropa yo‘nalishini saqlab qolish maqsadida mitingga chiqishdi.

Namoyishchilar prezident Petr Pavelni qo‘llab-quvvatlab, mamlakat bosh vaziri va yevroskeptik siyosatchi Andrey Babishga qarshi chiqish qildi.

Shuningdek, Babish hukumatidagi ayrim amaldorlar, jumladan bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Petr Masinka ham tanqid ostiga olindi. Masinka hukumat koalisiyasi tarkibiga kiruvchi o‘ta o‘ngchi “Avtomobilchilar o‘zlari uchun” partiyasi rahbari ham hisoblanadi.

Pavelni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan aksiyaning asosiy sabablaridan biri — prezidentning “Avtomobilchilar o‘zlari uchun” partiyasi vakili Filip Turekni atrof-muhit vaziri lavozimiga tayinlashni rad etgani bo‘ldi. Turek irqchilik, jinsiy kamsitish va gomofobiyada ayblanmoqda.

Namoyishchilar Praganing markazida joylashgan Staromest maydonini to‘liq egallab olishdi.

Ommaviy axborot vositalari mitingda ishtirok etganlar sonini o‘n minglab deb baholamoqda. Tashkilotchilar esa namoyishda 90 ming kishi qatnashganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 15:05. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!