Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Chet elda uch oydan ziyod bo‘lib qaytganlarga OITV tekshiruvi majburiy bo‘ladi

Chet elda uch oydan ziyod bo‘lib qaytganlarga OITV tekshiruvi majburiy bo‘ladi

O‘zbekistonda 3 oydan ortiq chet elda bo‘lib qaytgan fuqarolar va mehnat faoliyati uchun kirib kelayotgan xorijliklar OITV (VICH/HIV) bo‘yicha majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. Qonun Qonunchilik palatasida qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qabul qilingan yangi qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda mamlakat hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uzluksiz 90 kun va undan ortiq chet elda bo‘lib qaytgan taqdirda, OITV infeksiyasiga tibbiy tekshiruvdan majburiy ravishda o‘tkaziladi.

Shuningdek, respublikamizga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham VICh infeksiyasiga tekshirilishi shart qilib belgilanmoqda. Mazkur norma 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga taalluqlidir.

Mazkur talab aholi salomatligini muhofaza qilish, infeksiya tarqalishining oldini olish va tibbiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida qabul qilinib, tasdiq uchun Senatga yuborildi . U tasdiqlangandan so‘ng amaliyotga joriy etiladi.

Kiritildi: 17:05 08.07.2025. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!