UYEFA Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai «Galatasaroy»ga qarshi bahsda (4:0) bitta gol muallifiga aylandi.
«Real» vingeri Vinisius Junior «Manchester Siti» bilan o‘yinda (2:1) dublni rasmiylashtirdi.
«Barselona» vingeri Rafinya «Nyukasl»ga qarshi uchrashuvda (7:2) ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
«Sporting» yarim himoyachisi Fransishku Trinkau esa «Budyo-Glimt» bilan bahsda (5:0) ikkita samarali pas uzatdi.