Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Chempion” tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritish mezonlari belgilandi

“Chempion” tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritish mezonlari belgilandi

⚠️Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:

🔷2025 yil 1 iyulga qadar yuridik shaxslarga onlayn rejimda mikrokredit ajratish jarayonlarini soddalashtirish va ularni tezkor tasdiqlash mexanizmlari;

🔷kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida Ijtimoiy himoya yagona reestrida turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlagan kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga ushbu fuqarolar uchun tashkil qilingan har bir ish o‘rniga qo‘shimcha ravishda 10 million so‘mdan, 10 va undan ko‘p bunday ish o‘rinlarini tashkil qilgan sub’ektlarga 100 million so‘mgacha 3 yilgacha muddatga yillik 14 foiz stavkada aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit ajratish amaliyoti.

🔰Dastur doirasida “chempion” tadbirkorlarga aylantiriladigan tashkilotlar ro‘yxati shakllantirilib, unga quyidagi mezonlarga javob beradigan tadbirkorlik sub’ektlari kiritiladi:

🔸tuman (shahar) darajasida – har bir tuman (shahar)da kamida 2 tadan yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan va 50 tadan ortiq ish o‘rni yaratgan tadbirkorlik sub’ektlari;

🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida –har bir hududda kamida 5 tadan yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan va 500 tadan ortiq ish o‘rni yaratgan tadbirkorlik sub’ektlari;

🔸respublika darajasida – yillik aylanmasi 1 trillion so‘mdan yuqori bo‘lgan va 5 mingdan ortiq ish o‘rnini yaratgan tadbirkorlik sub’ektlari.

Kiritildi: 21:08 25.03.2025. O'qildi: 652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!