"Chelsi" himoyachisi Uesli Fofanaga sud hukmi o‘qildi. Futbolchiga ikki yil davomida mashina haydash taqiqlandi. Sabab - yo‘l harakati qoidalarini muntazam ravishda buzish. Fofana tezlik rejimiga rioya qilmagan, ba’zida 80 km/soatlik cheklov o‘rnatilgan yo‘l qismlarida taxminan 145 km/soatgacha tezlashgan. Hammasi bo‘lib, Uesli sakkizta qoidabuzarlik uchun 47 jarima balli oldi, deb yozadi Goal portali Daily Mail'ga tayanib.
Uesli Fofana ikki yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi, shuningdek, jarimaga tortildi. Sud xarajatlarini hisobga olgan holda jarimalarning umumiy miqdori deyarli 7600 funtni (9000 yevro atrofida) tashkil etdi. Shu bilan birga, Fofana o‘z aybini tan oldi.