Londonning "Chelsi" klubi "Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopesga qiziqish bildirmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, "ko‘klar" "ko‘k-anorranglilar"ga Fermin Lopes evaziga Kristofer Nkunkuni ayriboshlashni taklif qildi. Kataloniyaliklar bu taklifni o‘ylab o‘tirmay rad etishdi.
"Barselona" Ferminni 70 million yevroga baholamoqda.