Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Chayqovchilar Inoue-Ahmadaliyev jangi chiptalarini 13 barobar qimmatga sotishyapti

Chayqovchilar Inoue-Ahmadaliyev jangi chiptalarini 13 barobar qimmatga sotishyapti

Xabaringiz bor, 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida jahon boksi uchun ahamiyatli hisoblangan professional boks turniri bo‘lib o‘tadi.

Oqshomning asosiy jangi birinchi yarimengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamda hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasida o‘tkaziladi. Jangga qiziqishi yuqoriligidan uning chiptalari narxi keskin ko‘tarilib ketdi. Qo‘lda chiptalar o‘z narxidan 13 barobar qimmatga sotilayotgani aytilmoqda.

Turnir tashkilotchisi bo‘lgan yaponiyalik promouter Xideyuki Oxashi shou chiptalari bilan chayqovchilarni sudga bermoqchi ekanini ma’lum qildi.

"Afsuski, chiptalar norasmiy saytlarda bir necha barobar qimmat narxlarda sotilmoqda. Hozir biz huquqshunoslar bilan bu boradagi ehtimoliy harakatlarimizni muhokama qilyapmiz", degan Oxashi Yokogama shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Promouterning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy narxi 10 000 iyena (68,11 AQSh dollari) bo‘lgan chiptalar 130 000 iyena (885,41 AQSh dollar)dan sotilmoqda. Narxi 77 000 iyena (524,44 dollar)lik chiptalar esa chayqovchilarda 320 000 iyena (2179,47 dollar)ga sotilyapti.

Kiritildi: 23:23 30.08.2025. O'qildi: 15138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!