Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma

КИР

CAFA U-17. O‘zbekiston Qirg‘iz Respublikasini yirik hisobda taslim qildi

CAFA U-17. O‘zbekiston Qirg‘iz Respublikasini yirik hisobda taslim qildi

Toshkentda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi CAFA U-17 chempionati start oldi.

Turnirning ilk kungi bahslarida O‘zbekiston Qirg‘iz Respublikasiga qarshi maydonga chiqib, yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda Ahrorbek Ravshanbekov, Laziz Abduraimov (dubl), Rustam Aliyev va Humoyun Sindarov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, raqiblardan Kanatbek Raxatov javob golini urdi.

Yana bir o‘yinda Turkmaniston Afg‘onistondan ustun keldi - 1:0.

Qirg‘iz R. 1:5 O‘zbekiston

Gollar: Ahrorbek Ravshanbekov 24', Laziz Abduraimov 65', 71' (pen), Rustam Aliyev 74', Humoyun Sindarov 90+4 — Kanatbek Raxatov 54'

Chetlatish: Islombek Ravshanov 52'

Kiritildi: 23:00 24.05.2025. O'qildi: 889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!