Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

BYD Rolls-Royce’ga raqobatchi bo‘ladigan yangi elektromobilini taqdim etdi

BYD Rolls-Royce’ga raqobatchi bo‘ladigan yangi elektromobilini taqdim etdi

Xitoyning BYD kompaniyasiga qarashli Yangwang brendi Abu-Dabida yangi Altior lyuks sedanini namoyish qildi. Avtomobil Rolls-Royce Ghost va Mercedes-Maybach S-Class modellariga raqobatchi sifatida ishlab chiqilgan.

Mashinaning uzunligi 5,6 metr bo‘lib, Rolls-Royce uslubida orqaga qarab ochiladigan eshiklar bilan jihozlangan. To‘rt o‘rinli salonda massajli o‘rindiqlar, muzlatkich, katta ekran va 39 ta dinamik mavjud.

Elektromobil to‘rtta motorga ega bo‘lib, bir marta quvvatlanishda CLTC standarti bo‘yicha 1000 kilometrdan ortiq masofa bosib o‘ta oladi.

Altior’ning narxi taxminan 280–300 ming dollar bo‘lishi kutilmoqda. Rasmiy narx hozircha e’lon qilinmagan.

Kiritildi: 13:50 10.11.2026. O'qildi: 860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik