Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniyada musulmonlarga Hayit bayramini uyda nishonlash tavsiya etildi

Buyuk Britaniyada musulmonlarga Hayit bayramini uyda nishonlash tavsiya etildi

Buyuk Britaniya Musulmonlar Kengashi odamlarni Iyd-al-Fitr bayramini nishonlash uchun ko‘pchilik bo‘lib yig‘ilmaslikka, ijtimoiy masofalanish qoidasiga amal qilishga chaqirdi.

An’anaga ko‘ra, muqaddas Ramazon oyidan keyin nishonlanadigan Hayit bayramida musulmonlar do‘stlari, qarindoshlarini ziyorat qilishadi va Hayit namozi uchun masjidga to‘planadilar. Ammo, koronavirus pandemiyasi sharoitida Buyuk Britaniyada so‘nggi to‘qqiz hafta davomida ibodatxonalar yopiq va ko‘pchilik bo‘lib to‘planishga jiddiy cheklovlar qo‘yilgan.

Musulmonlar Kengashi britaniyalik barcha musulmonlardan ushbu bayramni bir joyda to‘planib emas, balki virtual tarzda nishonlashni so‘radi. Kengash bosh kotibi Horun Xon shunday dedi:

“Hayitni masjidlardan va yaqinlarimizdan uzoqda nishonlash avval bo‘lmagan hodisa. Bu mamlakatdagi musulmonlarga qayg‘uli bo‘lsa ham, biz so‘nggi ko‘rsatmalarga muvofiq ushbu muqaddas kunni nishonlashning eng yaxshi usulini topamiz».

Lids shahridagi Makka nomli masjidning imomi Qori Muhammad Asim cheklovlar og‘riqli bo‘lishiga qaramay, Buyuk Britaniyaning musulmon hamjamiyati o‘z faoliyatini davom ettirishini ta’kidladi.

«Hozirgi holat olti oy oldin aqlga sig‘maydigan narsa edi, ammo bugun aqlga sig‘maydigan narsa haqiqatga aylandi. Hayit ibodati – odamlar kun bo‘yi kutadigan narsadir. Bu biz uchun nihoyatda qiyin va qayg‘uli. Biz Ramazon oyida ko‘p ruhiy yo‘qotishlarga duch keldik va bu holat bayram kuni davom ham etadi», dedi u BBCga.

 

Kiritildi: 18:25 20.05.2020. O'qildi: 2042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!