Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Den Djarvis Mudofaa vaziri etib tayinlandi.
Bu haqda Bosh vazir Kir Starmerning idorasi bayonotida e’lon qilingan.
"Qirol [Karl III] quyidagi tayinlovni tasdiqlashga qaror qildi: Parlament a’zosi Den Djarvis MBE Mudofaa bo‘yicha vazir etib tayinlandi", deyiladi bayonotda.
Djarvis payshanba kuni Buyuk Britaniya mudofaasiga yetarli investisiya kiritilmaganiga norozilik sifatida iste’foga chiqqan Jon Xili o‘rnini egalladi.