Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniyada Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Buyuk Britaniyada Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tadi

​Kelasi hafta Buyuk Britaniyada turli mamlakatlar vakillari ishtirokida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalarning erkin harakatlanishini tiklashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkaziladi.

​Britaniyalik mulozimning AP agentligiga ma’lum qilishicha, uchrashuvda Eronning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar doirasida ilgari surgan "bo‘g‘ozdan o‘tish uchun haq undirish" taklifiga qarshi e’tirozlar bildiriladi. Mazkur uchrashuv 2 aprel kuni 40 ga yaqin davlat ishtirokida o‘tgan Tashqi ishlar vazirlarining telefon orqali muloqoti hamda 30 ga yaqin mamlakat qatnashgan harbiy rejalashtirish yig‘ilishining davomi hisoblanadi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bo‘g‘oz faoliyatini qayta tiklash va jahon iqtisodiyotini jonlantirish uchun "hayotiy reja"ga ega bo‘lish o‘ta muhim ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!