Kir Starmer boshchiligidagi Buyuk Britaniya hukumati xarajatlarni oshirish doirasida 50 000 tagacha davlat xizmatchisini qisqartirishi mumkin.
Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Avvalroq Moliya vazirligi byudjet xarajatlarini 15 foizga qisqartirish doirasida 10 mingga yaqin davlat xizmatchisi ishdan bo‘shatilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Biroq, The Times nashriga ko‘ra, davlat xizmatchilarining oldindan rejalashtirilganidan besh baravar ko‘p qisqartirish rejalari 26 martda, moliya vaziri Reychel Rivz parlamentga o‘zining byudjet nutqi bilan chiqishida e’lon qilinishi mumkin. Davlat xizmati apparati xarajatlarini 2030 yilgacha optimallashtirish rejalashtirilgan.
Britaniya ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, 50 ming davlat xizmatchisining qisqarishi amaldorlarning umumiy sonini pandemiyadan oldingi darajaga qaytaradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida mamlakatda davlat xizmatchilari soni yarim million kishiga oshgan.
Har yili Buyuk Britaniya byudjeti hukumatning ma’muriy xarajatlariga taxminan 13 milliard funt sterling sarflaydi, bu pulning 75% dan ortig‘i bevosita xodimlarga ketadi.