Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.
London AQSh vise-prezidenti Jey Di Vensning Vashington tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralardan chiqishi mumkinligi haqidagi bayonotiga javoban Ukrainaga yordamni davom ettirishini ma’lum qildi.
"Oxir-oqibat, Ukraina o‘z kelajagini o‘zi hal qilishi kerak. Biz uni hech qachon yolg‘iz qoldirmaymiz", — deya takidladi Buyuk Britaniya bosh vaziri Kiir Starmerning matbuot kotibi.
"Ukrainaning hududiy yaxlitligi va Yevropa integrasiyasiga intilishi yevropaliklar uchun juda jiddiy talablardan hisoblanadi", deya bayonot berdi Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron ma’muriyati.