Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishni va 16 iyun kuni yangi sanksiyalar paketini e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Cheklovlar G‘arb davlatlari ichida ilk bor Rossiyaning suyultirilgan tabiiy gazini tashuvchi kemalarga, shuningdek, "soyadagi flot"ga qarshi joriy etiladi.
Bundan tashqari, yangi chora-tadbirlar Rossiya harbiylari uchun G‘arb texnologiyalarini yashirincha sotib olish bilan shug‘ullanuvchi, Rossiya bilan bog‘liq bo‘lgan tarmoqni aniqlash va sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish, shuningdek, uchinchi davlatlardagi bir qator yetkazib beruvchilarga bosimni kuchaytirish imkonini beradi.