Bugun 27 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Buyuk Britaniya Qirg‘iziston kriptovalyuta tarmoqlariga sanksiyalar joriy qildi

Buyuk Britaniya Qirg‘iziston kriptovalyuta tarmoqlariga sanksiyalar joriy qildi

Buyuk Britaniya Qirg‘iziston orqali Rossiyaga yo‘naltirilgan kriptovalyuta operasiyalarini to‘xtatish maqsadida bir qator shaxs va kompaniyalarga qarshi choralar ko‘rdi.

Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, mazkur qaror Qirg‘iziston orqali Rossiyaga yo‘naltirilgan kriptovalyuta operasiyalarini to‘xtatish maqsadida qabul qilingan.

Britaniya hukumatiga ko‘ra, Moskva so‘nggi oylarda Qirg‘iziston moliya sektoriga murojaat qilib, pul mablag‘larini shaffof bo‘lmagan yo‘llar orqali o‘tkazishga harakat qilgan. Bu jarayonda kriptovalyuta tarmoqlari, jumladan, Rossiya rubliga bog‘langan va Qirg‘izistonda ishga tushirilgan A7A5 tizimi orqali yirik mablag‘lar o‘tkazilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt oy ichida ushbu tizim orqali 9,3 milliard dollarlik tranzaksiyalar amalga oshirilgan.

Sanksiyalar doirasida uch nafar jismoniy shaxs va beshta kompaniyaga qarshi cheklovlar kiritildi. Ular orasida Qirg‘izistonning Grinex kriptobirjasi, Tengricoin kompaniyasi (Meer Crypto Exchange’ni boshqaradi), Old Vector kompaniyasi va Lyuksemburgda ro‘yxatdan o‘tgan Altair Holding bor. Shuningdek, Qirg‘izistondagi «Markaziy Osiyo Kapital banki» hamda uning rahbari Kantemir Chalbayev, Savdo kompaniyasi rahbari Janishbek Uulu Nazarbek ham qora ro‘yxatka kiritilgan.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Stiven Dautining ta’kidlashicha, Kreml sanksiyalar ta’sirini yumshatish uchun shubhali kriptovalyuta tarmoqlari orqali mablag‘larni yuvishga urinmoqda, ammo bu harakatlar samarasiz bo‘ladi. Mazkur cheklovlar e’lon qilingach, Moskva o‘z navbatida Buyuk Britaniyaning bir qator ommaviy axborot vositalari va nodavlat tashkilotlariga qarshi javob sanksiyalari kiritganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 17:28 21.08.2025. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!