Mamlakat rasmiylari Ilon Maskka tegishli X ijtimoiy tarmog‘ini bloklash imkoniyatini o‘rganmoqda. Bunga sabab Grok sun’iy intellekt chat-boti ayollar va bolalarning, jumladan voyaga yetmaganlarning ham, jinsiy mazmundagi tasvirlarini yaratgani aytilmoqda.
Xabar berilishicha, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer nazorat qiluvchi organ Ofcom'ga platformaga jarima solish yoki uni butunlay taqiqlash masalasini ko‘rib chiqishni topshirgan.