Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Ukraina suvereniteti Rossiya bilan mojaroni hal qilish bo‘yicha har qanday rejaning asosiy tamoyili bo‘lishi kerakligini aytdi.
Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
"Biz hammamiz adolatli va mustahkam tinchlikni xohlaymiz. AQSh prezidenti Donald Tramp buni xohlaydi. Biz hammamiz buni xohlaymiz. Shuning uchun biz bu yo‘nalishda harakat qilishimiz kerak. Lekin Ukraina o‘z kelajagini o‘zi belgilashi kerak degan tamoyil asosiydir", - dedi Starmer.