Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Kanadada bo‘lib o‘tgan G7 sammitida Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myonni tarjimon deb adashtirib, o‘zini sharmanda qildi, deb yozadi Daily Mail.
"Donald Trampni bir kun avval savdo kelishuvi hujjatlarini erga tashlab yuborganida ayab o‘tishga majbur bo‘lgan bosh vazir rasmiy muzokaralar uchun uchrashganda Li Chje Myon o‘rniga tarjimon bilan qo‘l berib ko‘rishdi", — deyiladi maqolada.
Nashr shuningdek, Britaniya bosh vaziri birgalikda suratga tushish uchun joy tanlay olmagani va ikkilanib qolgani Koreya tomonini noqulay ahvolga solib qo‘yganini ham ta’kidlaydi.
Qiziqarli voqeadan so‘ng Starmer Buyuk Britaniyaning Janubiy Koreya bilan "yaxshi mustahkam aloqalari" borligini va London Seul bilan erkin savdo va mudofaa sanoatini mustahkamlashga harakat qilishini aytdi. Bunga javoban Koreya prezidenti Koreya Buyuk Britaniya bilan kelishuvlarni ishlab chiqish masalasida oldinga siljishi kerakligini aytdi.