Buyuk Britaniya Karib dengizida giyohvand moddalar kontrabandasida gumon qilingan kemalarga hujumlar ortidan AQSh bilan razvedka ma’lumotlarini almashishni to‘xtatdi.
Bu haqda CNN xabar berdi.
"Buyuk Britaniya endi Karib dengizida giyohvand moddalarni olib o‘tishda gumon qilingan kemalar bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini AQSh bilan baham ko‘rmaydi, chunki u AQSh harbiy zarbalariga sherik bo‘lishni istamaydi va bu hujumlarni noqonuniy deb biladi”, — deyiladi hisobotda.
Manbalarga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning qarori uning eng yaqin ittifoqchisi va razvedka ma’lumotlarini bo‘lishish bo‘yicha hamkori bilan jiddiy tanaffusni bildiradi va AQShning Lotin Amerikasidagi harbiy kampaniyasining qonuniyligiga shubha kuchayib borayotganini ta’kidlaydi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p yillar davomida Karib dengizidagi razvedka bo‘linmalari joylashgan bir qancha hududlarni nazorat qiluvchi Buyuk Britaniya AQShga giyohvand moddalar olib o‘tishda gumon qilingan kemalarni aniqlashga yordam berib, AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ularni tutib olishi uchun yordam berib keladi. Bu degani, kemalar to‘xtatilgan, ekipajlari hibsga olingan va giyohvand moddalar musodara qilingan.
Razvedka ma’lumotlari odatda Florida shtatida joylashgan, bir nechta hamkor mamlakatlar vakillaridan iborat bo‘lgan Janubiy qo‘shma idoralararo ishchi guruhiga yuborilgan. Guruh giyohvand moddalarning noqonuniy savdosini cheklash uchun ishlaydi.
Biroq, sentyabr oyida AQSh kemalarga halokatli zarbalar berishni boshlaganidan ko‘p o‘tmay, Britaniya Vashington nishonlarni tanlash uchun London tomonidan taqdim etilgan razvedka ma’lumotlaridan foydalanishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Britaniya rasmiylari AQShning 76 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan harbiy zarbalarni xalqaro qonunlarga zid deb hisoblamoqda, deydi manbalar. Ularning aytishicha, razvedka ma’lumotlarini yig‘ishdagi pauza bir oydan ko‘proq vaqt oldin boshlangan.
Britaniyaning Vashingtondagi elchixonasi, Pentagon va Oq uy bu ma’lumotni kanalga izohlamadi.