Buyuk Britaniya 50 kun ichida Ukrainaga 60 mingta snaryad va 2500 ta uchuvchisiz tizim yetkazib berdi.
Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi rahbari Jon Xili ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha "50 kunlik kampaniya" iyul oyida boshlangan.
"Deyarli 5 million o‘q-dorilar, 60 mingga yaqin artilleriya snaryadlari, snaryad va raketalar, 2500 ta uchuvchisiz tizimlar, 30 ta avtomobil va muhandislik jihozlari, shuningdek, 200 ta elektron urush va havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berildi" - dedi Xili parlamentda.