Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Buxorodagi qamoqxonada bo‘lgan jinoyat fosh etildi

A A A
Buxorodagi qamoqxonada bo‘lgan jinoyat fosh etildi

IIV o‘z xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilganlar aniqlanib qo‘lga olindi.

Qamoqxona xizmatchisini pora evaziga og‘dirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

2019 yil 28 mart kuni soat 15.00 larda Samarqand shahri yashovchilar, 1991 yilda tug‘ilgan, Qomus advokatlik firmasida ish yurituvchisi U.A. va yakka tartibda ishlovchi, 1996 yilda tug‘ilgan D.V. (ayol)lar bir guruh bo‘lib, oldindan jinoiy til biriktirib, tanishlari, qotillik va bosqinchilik jinoyatlari uchun hozirgi kunda Buxoro viloyatidagi jazoni ijro etish kaloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum D.B bilan uzoq muddatli uchrashuvga kirish uchun sharoit yaratib berish evaziga ushbu muassasada xizmat olib boruvchi Qorovul qo‘shinlari nazoratchi xodimi B.Q.ga 100 AQSh dollari pullarni pora sifatida berayotganida IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 213-moddasi 3-qismi (xizmatchini pora berish evaziga og‘dirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uznews.uz

Kiritildi: 22:36 30.03.2019. O'qildi: 4709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!