Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Buxoroda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan parrandachilik fermasi fosh etildi

Buxoroda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan parrandachilik fermasi fosh etildi

"O‘zenergoinspeksiya" Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Buxoro shahrida yakka tartibdagi tadbirkor E. M. ga qarashli parrandachilik fermasi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 201,3 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:45 02.02.2026. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!