Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Buxoroda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" vaqtida o‘quvchi maktab direktoriga suv sepdi. Sababi ma’lum (VIDEO)

A A A
Buxoroda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" vaqtida o‘quvchi maktab direktoriga suv sepdi. Sababi ma’lum (VIDEO)

Joriy yilning 25 may kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Buxoro shahridagi 19-umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri vaqtida bo‘lgan voqea yuzasidan videoyozuvlar tarqatildi.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan dastlabgi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar jarayonida maktabning 11-sinfida tahsil olayotgan o‘quvchi shu kuni o‘tkazilgan tadbir davomida unga faxriy yorliq berilmaganligidan norozi bo‘lib, jahl ustida maktab direktorining ustiga suv sepib yuborganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha o‘quvchining ota-onasi bilan farzandi hatti-harakatlari yuzasidan IIB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma`lumot beradi va tegishli qonuniy choralarni ko‘radi.

Kiritildi: 10:12 26.05.2022. O'qildi: 8094 marta. Fikrlar soni: 15 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!