Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Buxoroda ota chetga chiqish uchun 5 yillik alimentni oldindan to‘ladi

Buxoroda ota chetga chiqish uchun 5 yillik alimentni oldindan to‘ladi

Erkak ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 177 mln aliment to‘lagan.

Majburiy ijro byurosining Peshku tuman bo‘limi ish yurituvidagi sud hujjatiga ko‘ra, qarzdor L.B.dan undiruvchi SH.R. foydasiga voyaga yetmagan 2 nafar farzandlari moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan. Qarzdor ishlash maqsadida chetga chiqmoqchiligini bildirib, amaliy yordam so‘ragan.

Qarzdorga ijro hujjatida taraflarning huquq va majburiyatlari hamda aliment to‘lovlarini oldindan to‘lash tartibi tushuntirilgan.

Sud jarayonida undiruvchi da’vo arizasini ma’qullangan va da’vo qanoatlantirilib, davlat ijrochisi tomonidan hisoblangan 5 yillik aliment pullarini oldindan undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida oldindan undirilishi belgilangan 177 182 803 so‘m aliment pullari undirib, qarzdorning chetga chiqishiga qo‘yilgan cheklov bekor qilingan.

Kiritildi: Bugun 08:50. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!