Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Buxoroda Nexia ag‘darilib ketishi oqibatida 61 yoshli onaxon halok bo‘ldi

A A A
Buxoroda Nexia ag‘darilib ketishi oqibatida 61 yoshli onaxon halok bo‘ldi

Xorazm viloyatining Gurlan tumanida yashovchi X.X. Nexia mashinasini «Toshkent—Xorazm» yo‘lining 412-kilometrida, Buxoro viloyatining Romitan tumanida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay yo‘l chetiga chiqib ketdi va ag‘darildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

YTH oqibatida ikki ayol — 61 yoshli SH.SH. va 59 yoshli D.S. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, yo‘lovchilardan biri — SH.SH. hayotdan ko‘z yumdi.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 15:17 02.07.2018. O'qildi: 1325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik