Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Buxoroda falokat: bir kishi voqea joyida, boshqa bir erkak esa kasalxonada o‘ldi

Buxoroda falokat: bir kishi voqea joyida, boshqa bir erkak esa kasalxonada o‘ldi

2019 yil 1 iyun kuni soat 04:50larda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Denov mahallasida yashovchi 28 yoshli D.T. o‘z boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani hududidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lida haydab ketayotgan vaqtida avtomashinaning orqa tomon g‘ildiragi yorilib ketgan. Natijada D.T. boshqaruvni eplay olmay avtomashinani yo‘l chetida to‘xtab turgan fuqaro J.E. boshqaruvidagi yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, oqibatda “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchisi, Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashagan U.F. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Haydovchi D.T. va yana bir yo‘lovchi B.M.lar tan jarohatibilan kasalxonaga yotqizilgan, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, B.M.kasalxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.    

 

Kiritildi: 16:32 02.06.2019. O'qildi: 3296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!