Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya sabotaj tayyorlayaptimi?

Rossiya sabotaj tayyorlayaptimi?

Evropa razvedka agentliklari o‘z hukumatlarini Rossiya Federasiyasi «butun qit’a bo‘ylab zo‘ravonlik va sabotaj harakatlarini rejalashtirayotgani» haqida ogohlantirdi.

FT razvedka rasmiylariga tayanib, Rossiya tomoni «tinch aholining o‘limi haqida hech qanday tashvish bildirmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va vositachilar orqali Yevropa hududida yashirin portlashlar, o‘t qo‘yish va infratuzilmaga zarar yetkazishlarni faolroq tayyorlay boshlaganini» da’vo qilmoqda.

«Garchi Kreml agentlari bunday operasiyalarning uzoq tarixiga ega bo‘lsada va so‘nggi yillarda Yevropada vaqti-vaqti bilan hujumlar uyushtirgan bo‘lsada, yanada tajovuzkor va kelishilgan sa’y-harakatlarning dalillari ortib bormoqda», deydi uch xil Yevropa davlati jurnalistlari.

Bir razvedka xodimining aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozir o‘zini «kuchli» his qilmoqda va Yevropaga turli jabhalarda - dezinformasiya, sabotaj yoki xakerlik orqali imkon qadar ko‘proq bosim o‘tkazishga harakat qiladi.

Evropa hukumatining yuqori martabali mulozimiga ko‘ra, NATO xavfsizlik xizmatlari orqali muvofiqlashtirilgan va keng miqyosdagi «aniq va ishonarli rus fitnalari» haqida ma’lumotlar kelib tushmoqda.

Kiritildi: 16:00 05.05.2024. O'qildi: 2982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!