Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Buxoroda ayol chaqalog‘ini yuvinish xonasida o‘ldirib, axlat qutisiga tashlab yubordi

Buxoroda ayol chaqalog‘ini yuvinish xonasida o‘ldirib, axlat qutisiga tashlab yubordi

Joriy yilning 9 may kuni 11:00da ayol yuvinish xonasida o‘z farzandini dunyoga keltirib, so‘ng chaqaloqni o‘ldirgan. Bu haqida Buxoro viloyat prokuraturasi xabar bergan.

Qayd etilishicha, Qorako‘l tumanida yashagan 27 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. Bir nafar farzandi bor.

Ayol 2021 yili ishlash maqsadida Rossiyaga borib namanganlik I.K. bilan tanishib, birga yashab homilador bo‘lgan. U mamlakatga qaytgach, Buxoro shahar A.Somiy ko‘chasida yashovchi xolasining uyida ijarada yashagan.

9 may kuni to‘lg‘oq tutib, yuvinish xonasida chaqalog‘ini dunyoga keltirgan va hech kim bilmasligi uchun o‘g‘il fazandini o‘ldirib, axlat chiqindisiga tashlagan.

Ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 08:15 14.05.2022. O'qildi: 3828 marta. Fikrlar soni: 17 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!