“Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisi Ma’rufxon Xodjayev topshirig‘i bilan tezkor ishchi guruhlar shakllantirilib, joylarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
27 noyabr kuni Buxoro viloyati Kogon tumanida gaz ta’minoti komplayens nazorat tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan iborat ishchi guruh o‘tkazgan reyd jarayonida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Tumanning “Tutkunda” MFYda joylashgan “B. B.” MJChga qarashli issiqxonada gaz hisoblagichidan tashqari yor osti quvuri orqali aholi uchun mo‘ljallangan gaz quvuriga yashirincha ulanib, tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelingani ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 8,85 mlrd so‘mlik zarar keltirilgani aniqlandi. Mazkur jarayon bo‘yicha to‘plangan barcha daliliy ashyo va hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquq-tartibot organlariga topshiriladi.