Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda 72 million yevro qiymatidagi ikkita energosamarador gaz turbinasi o‘rnatiladi

A A A
Buxoroda 72 million yevro qiymatidagi ikkita energosamarador gaz turbinasi o‘rnatiladi

Mamlakatimiz rahbarining Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi davomida ko‘pgina sohalar qatori energetika tizimi bo‘yicha ham qator manfaatli kelishuvlarga erishildi.

Xususan, Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ va «Siemens Energy» o‘rtasida Buxoro shahar 3-sonli issiqlik ta’minoti qozonxonasida va Muborak IEM korxonasida energosamarador gaz turbinasi o‘rnatish bo‘yicha ikkita loyiha doirasida 72 million yevro miqdorida shartnoma imzolandi.

Yurtimizda kogenerasiya texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarning uzviy davomi sifatida baholanayotgan mazkur loyihaga ko‘ra, Buxoro shahrining 3-sonli issiqlik ta’minoti qozonxonasida va Muborak IEM korxonasida har birining quvvati 54 MVtga teng bo‘lgan ikkitadan, jami 4 ta gaz turbina o‘rnatiladi.

Mazkur loyihalarning ishga tushirilishi mamlakatimizda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining umumiy quvvatini 216 MVtga oshiradi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yiliga 1,7 million kVt/soat elektr energiyasi va 1,5 million Gkal issiqlik energiyasini ishlab chiqarish imkonini beradi.

Shuningdek, 80 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratiladi. Loyihalarni amalga oshirish davrida, respublikamizning ming nafar malakali mutaxassislarini ish bilan ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ matbuot xizmati axborotiga tayanib.

Kiritildi: 11:29 05.05.2023. O'qildi: 1394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!