Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Buxoroda 3,7 mlrd so‘mlik Ai-80 markali avtobenzinni noqonuniy ravishda ulgurji sotib yuborgan MCHJ aniqlandi

Buxoroda 3,7 mlrd so‘mlik Ai-80 markali avtobenzinni noqonuniy ravishda ulgurji sotib yuborgan MCHJ aniqlandi

Buxoro viloyatida 430,7 tonna Ai-80 markali avtobenzinni noqonuniy ravishda ulgurji sotib yuborgan MCHJ aniqlandi.

“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kogon tumani “O‘ba cho‘li” MFYda joylashgan “N.P.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasida neft mahsulotlarini sotuvga chiqarilishi bo‘yicha noqonuniy holat aniqlandi.

Xusussan, “N.P.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasi ish faoliyatida bo‘lmasada, “Buxoro neft bazasi” MCHJdan jami 430,7 tonna (3,7 mlrd so‘mlik) AI-80 markali avtobenzinni shaxobcha sig‘imlariga tushirilmasdan avtosisterna orqali ulgurji sotib yuborilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Kiritildi: 14:13 10.03.2025. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!