Aeroportda Rossiya prezidentini Emomali Rahmon kutib oldi.
Putinning Tojikistonga davlat tashrifi Ismoil Somonoy yodgorligiga gul qo‘yishdan boshlandi. Ertaga davlat rahbarlarining hamda Rossiya-Tojikiston delegasiyalari muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Shuningek, Putin Dushanbeda "Markaziy Osiyo - Rossiya" sammiti va MDH Davlat rahbarlari Kengashida ishtirok etadi.
9 oktyabr kuni esa Dushanbeda Vladimir Putin va Ilhom Aliyev o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi, deb ma’lum qildi Kreml matbuot kotibi.