Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Buxoroda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Buxoroda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Buxoro shahrida “M.” MCHJga qarashli farmasevtika ob’ektining elektr qurilmalari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 mlrd 695 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:45. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!