Kecha, 27 dekabr kuni soat 17:10 larda Buxoro viloyat FVBga Romitan tumani "Afrosiyob" MFY Shifokorlar ko‘chasidan oqib o‘tuvchi "Hayrabot" kanalida 1 nafar fuqaro cho‘kayotganligi to‘g‘risida xabar tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari yetib borgunga qadar ushbu hududda xizmat olib borayotgan tuman FVB kichik inspektori oddiy askar B.Qobilov 16 yoshli fuqaroni (ayol) suvdan qutqarib olgan.
Shundan so‘ng, tuman shoshilinch tez-tibbiy yordam bo‘limiga yetkazgan. Hozirgi vaqtda fuqaroning ahvoli yaxshi holda bo‘lib, shifokorlar nazoratida.