«Real Madrid» sardori Dani Karvaxal faoliyatini Qatarda davom ettirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
«32 yoshdaman va hozirda yosh bola emasman. 4-5 yildan so‘ng faoliyatimni yakunlayman. Yaqin Sharqda faoliyat olib boramanmi? Nega yo‘q! Men «Real»ga qarshi o‘ynamaslik uchun Yevropa jamoalarida o‘ynamasligimni bir necha bor ta’kidlaganman. Men uchun Qatar yaxshi variant bo‘lsa kerak», — deb fikr bildirdi Dani Karvaxal.
Ma’lumot uchun, Dani Karvaxal 2013 yildan beri «Qirollik klubi»da faoliyat olib boradi. U shu yilning oktyabr oyida oyog‘idan jiddiy jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqandi.