Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoro viloyatiga "Isuzu" rusumli chiqindi yig‘uvchi maxsus zamonaviy texnikalar topshirildi

Buxoro viloyatiga "Isuzu" rusumli chiqindi yig‘uvchi maxsus zamonaviy texnikalar topshirildi

Buxoro viloyatiga 15 ta "Isuzu" rusumli chiqindi yig‘uvchi maxsus zamonaviy texnikalar topshirildi.

Ta’kidlash joizki, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi "Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish" loyihasi doirasida 300 dona "Isuzu" rusumli chiqindi yig‘uvchi maxsus texnikalar xarid qilingan. Ushbu texnikalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan hududlardagi sanitar korxonalariga 10 yil muddatga imtiyozli shartlar asosida lizingga berilmoqda.

Shuningdek, maxsus texnikalar bir yillik imtiyozli davrga ega bo‘lib, qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod etilgan. Bu o‘z o‘rnida sanitar tozalash korxonalari faoliyatini yaxshilashga, qamrov darajasini (4 mln kishiga) oshirishga hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketishga yordam beradi.

Ma’lumot uchun, sanitar tozalash korxonalariga yengillik yaratish maqsadida ular tomonidan boshlang‘ich badal shakllantirishda qiyinchilik tug‘ilganda, uning o‘rniga qonunchilikda belgilangan tartibda ta’minot turlaridan biri yoki bir nechtasini taqdim etish imkoniyati ham berilmoqda.

Qayd etish kerakki, maxsus texnikalar Yaponiyaning "Isuzu" brendi ostida Samarqand avtomobil zavodida yig‘ilgan bo‘lib, ularning sifat darajasi Yevropa standartlariga to‘la javob beradi hamda aholiga uzoq yillar sifatli xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Hozirda chiqindi tashuvchi maxsus texnikalar Qashqadaryo va Buxoro viloyatlariga yetkazib berildi. Qolgan viloyatlarga topshirish ishlari ham olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:13 14.08.2023. O'qildi: 2941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!