Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Buxoro viloyatida tibbiyot muassasasiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Buxoro viloyatida tibbiyot muassasasiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filialida bo‘lim mudiri vazifasida ishlovchi N.B. (hozirda sobiq) fuqaro M.SH.ni Buxoro shahridagi tibbiyot muassasalaridan biriga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 1 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:05. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!