Eronning strategiyasi AQSh va Isroilning Yaqin Sharqdagi amaliyotlarida mavjud bo‘lgan bo‘shliqlarni yuzaga chiqardi. Bu haqda britaniyalik jurnalist Martin Jey Strategic Culture nashri uchun yozgan maqolasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan neft omili Isroil va AQSh ushbu amaliyotni qancha vaqt davom ettira olishini belgilab beruvchi hal qiluvchi omilga aylanadi.
«Ehtimol, aynan shu masalada Tramp oqibatlarni jiddiy ravishda past baholagan bo‘lishi mumkin, chunki energetika tahlilchilari yaqin haftalarda neft narxi 120 dollargacha ko‘tarilishini bashorat qilmoqdalar», — deya ta’kidladi jurnalist.